Hamkor yoki sotuvchi tomonidan yetkazib berilgan tovarni qaytarish

Sotuvchi tomonidan yetkazib berilgan yaxshi sifatdagi tovarni qaytarayotganda sotuvchiga yetkazib berish pulini o’zingiz to’lashingiz kerak.
Hamkor — sotuvchi tomonidan tovarni yetkazib berish uchun tanlangan uchinchi tomon yetkazib berish xizmati, masalan BTS Express, Rossiya pochtasi yoki Deloviye Linii.

Sotuvchi yetkazib bergan tovarni qaytarishi uchun tovarni qaytarish arizasini rasmiylashtiring va uning ko‘rib chiqilishini kuting:

  1. Buyurtmalar bo‘limiga kiring va kerakli buyurtma raqamiga bosing.

  2. Tovarni qaytarish tugmasini bosing.

  3. Qaytarmoqchi bo‘lgan tovarlaringizni tanlang. Arizadagi maydonlarning o‘ng tomonida joylashgan ko‘rsatmalarga amal qilgan holda barcha turdagi fotosuratlarni joylashtiring.

  4. Tovarni qaytarish uchun arizani to‘ldiring. U sotuvchi tomonidan ko‘rib chiqish uchun yuboriladi.

  5. Sotuvchi arizangizni ko‘rib chiqadi va qaror qabul qiladi. U quyidagilarni qilishi mumkin:

Tovarni yuborish #

Agar siz yaroqsiz tovarni qaytarayotgan bo‘lsangiz yoki sizga noto‘g‘ri tovar yuborishgan bo‘lsa, sotuvchi tovarni qaytarish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplaydi. Qadoq va yuborish narxi ko‘rsatilgan chekni saqlab qo‘ying. Chek rasmi yoki skaner qilingan variantini tovarni qaytarish bo‘yicha arizaga biriktirib qo‘ying. Agar siz yaxshi holatdagi tovarni qaytarayotgan bo’lsangiz, sotuvchi qadoq va yuborish pulini qaytarishga majbur emas.

Agar sotuvchi arizani tasdiqlasa, tovarni qaytarish bo‘yicha arizadagi ko‘rsatmalarga amal qiling.

  1. Tovarni tashish paytida shikastlanmaydigan qilib qadoqlang. Agar zavod qadog‘i saqlanib qolmagan bo‘lsa, hajman to‘g‘ri keladigan analogdan foydalaning. Qaytarilayotgan tovar qadoqlanmagan bo‘lsa, uni yetkazib berish xizmati qabul qilmasligi mumkin.
    Tovar va qadoq bilan bog‘liq talablar
  2. Qaytarilayotgan tovarni yetkazib berish xizmatiga topshiring. Ariza tasdiqlanganidan keyin tovarni 4 kalendar kuni ichida yuboring, aks holda u bekor qilinadi. Agar tovarni qaytarish muddati o‘tib ketmagan bo‘lsa, siz ushbu arizani qayta rasmiylashtirishingiz mumkin.

    Agar arizada transport kompaniyasining nomi ko‘rsatilgan bo‘lsa, qaytarilayotgan tovarni buyurtmalarni berish punktiga berib yuboring yoki bu kompaniyaning kuryerini chaqirtiring. Agar sotuvchi yetkazib berish xizmatini ko‘rsatib o‘tmagan bo‘lsa, tovarni istalgan transport kompaniyasi orqali yuboring yoki uni ko‘rsatilgan manzilga o‘zingiz olib boring. Xizmatlar pulini to‘lang va chekni tovarni qaytarish arizasiga biriktiring. Tovarni olgan va tekshirgandan keyin tovarni qaytarib berish sababi uning yaroqsiz ekanligi bo‘lsa, sotuvchi yetkazib berish pulini qaytaradi.

    Agar sotuvchi arizani ko‘rib chiqqanidan so‘ng qaytarilayotgan tovarni o‘zi olib ketishini aytgan bo‘lsa, haydovchining kelish sanasini bilish uchun qo‘ng‘iroqni yoki Ozon chatidagi xabarlarni kuting.

Agar tovarni yetkazib berish kechikayotgan bo‘lsa, e’tiroz bildiring. Biz qaytarilayotgan tovarning statusini tekshiramiz. Agar tovar 14 kundan ortiq vaqtdan beri yo‘lda kelayotgan bo‘lsa, siz e’tiroz bildirishingiz mumkin. 31 kundan keyin e’tiroz avtomatik tarzda ochiladi.

Sotuvchi qaytarilgan tovarni olganida, unda tovar sifatini tekshirish uchun 7 kalendar kuni bo‘ladi.

Agar tovarni omborda tekshirgandan so‘ng sotuvchi yoki Ozon tovarni qaytarish arizasini rad etsa, u holda sizga tovar qaytariladi. Sotuvchi yetkazib berish manzilini aniqlashtirish uchun siz bilan bog‘lanadi. Agar sotuvchi uzoq vaqt aloqaga chiqmasa, bizga chat orqali yozing.

Sotuvchi tomonidan tovar sizga qaytarilayotganda, yetkazib berish pulini o‘zingiz to‘lashingiz kerak. Agar sotuvchi tovarni qaytarish arizangizni rad etsa va siz bu qarordan norozi bo‘lsangiz, e’tiroz bildiring.

Qisman kompensatsiya #

Qisman kompensatsiya — tovarning ekspluatatsion xususiyatlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir qilmaydigan nuqson uchun tovar qiymatining bir qismini qaytarish. Masalan, maishiy texnikadagi tirnalish va kichik pachoq bo‘lgan qism.

Agar sotuvchi tovarni qaytarish o‘rniga qisman kompensatsiyani taklif qilgan bo‘lsa, bu taklifni qabul qilish uchun sizga 3 kun beriladi. Agar siz taklifni ko’rib chiqmasangiz, u avtomatik ravishda bekor qilinadi.

Agar siz birinchi martada qisman kompensatsiya taklifini rad qilgan bo‘lsangiz, sotuvchi sizga takroran uni taklif qilishi mumkin. Agar siz uni ham rad qilsangiz, sotuvchi tovarni qaytarish arizangiz bo‘yicha boshqa qarorga keladi.

Agar siz qisman kompensatsiya bo‘yicha taklifni qabul qilsangiz, sizga tovar qiymatining bir qismini qaytarishadi, tovarni qaytarish arizasi esa yopiladi. Agar tovar pullar va ballar orqali to‘langan bo‘lsa — avval ballar qaytadi.

Agar qisman kompensatsiyadan keyin tovar ishlamay qolgan bo‘lsa yoki boshqa nuqson aniqlansa, tovarni qaytarish muddati tugamagan bo‘lsa, tovarni qaytarish uchun yangi arizani rasmiylashtiring. Bunday holatda sotuvchi qisman kompensatsiyani taklif qila olmaydi. Agar tovarni qaytarish arizasi tasdiqlansa, sizga tovarning qolgan qiymati qaytarib beriladi.

E’tirozlar #

Agar sotuvchi tovarni qaytarish arizasini rad etsa, ammo siz uning qaroridan norozi bo‘lsangiz, siz 3 yoki 5 kalendar kuni ichida e’tiroz bildirishingiz mumkin. E’tiroz bildirishning aniq sanasi rad etilgan arizada ko‘rsatilgan. Ozon mutaxassislari arizani ko‘rib chiqishadi va 3 kalendar kuni davomida tovarni qaytarish borasida yakuniy qarorni qabul qilishadi.

Siz quyidagi holatlarda e’tiroz bildirishingiz mumkin:

  • Sotuvchi tovarni qaytarish arizasini rad etdi.
  • Sotuvchi tovarni oldi, ammo uni omborda tekshirgandan so‘ng tovarni qaytarmaslik bo‘yicha qaror qabul qildi.
  • Qaytarilayotgan tovar 14 kundan beri yo‘lda. Agar qaytarilayotgan tovar 31 kundan ortiq yo‘lda bo‘lsa, avtomatik ravishda e’tiroz bildiriladi.

E’tiroz bildirish #

Agar sotuvchi tovarni qaytarish arizangizni rad qilsa yoki qaytarilayotgan tovar 14 kundan ortiq yo‘lda bo‘lsa, arizada E’tiroz bildirish tugmasi paydo bo‘ladi..

E’tiroz bildirish uchun:

  1. Shaxsiy kabinetda Qaytargan tovarlarim bo’limiga kiring va arizani oching.
  2. E’tiroz bildirish tugmasini bosing — ariza «E’tiroz bildirish» statusiga o‘tadi.

E’tiroz turlari #

Vaziyat Kim e’tiroz bildiradi? Qanday sabab tufayli? Ozon xodimi nima qiladi? Qanday qarorlar qabul qilinishi mumkin?
Sotuvchi tovarni qaytarish arizasini rad etdi Xaridor Siz sotuvchining qaroridan norozisiz. 1. Tovarni qaytarish arizasida berilgan materiallarni o‘rganib chiqadi: fotosuratlar hamda siz va sotuvchi o‘rtasidagi yozishmalar. Shuningdek, u sizdan hamda sotuvchidan qo‘shimcha ma’lumot so‘rashi mumkin.
2. O‘rganilgan ma’lumotlarga asoslanib qaror qabul qiladi.
3. Arizada nega bunday qaror qabul qilgani haqida yozadi.
В вашу пользу («Sizning foydangizga») — siz tovarni sotuvchiga qaytarasiz, Ozon esa — sizga pullarni qaytaradi.
В пользу продавца («Sotuvchining foydasiga») — Tovar sizda qoladi, pullar — sotuvchida.
Sotuvchi tovarni oldi, ammo uni omborda tekshirgandan so‘ng tovarni qaytarmaslik bo‘yicha qaror qabul qildi Xaridor Siz sotuvchining qaroridan norozisiz. 1. Tovarni qaytarish arizasida berilgan materiallarni o‘rganib chiqadi: fotosuratlar hamda siz va sotuvchi o‘rtasidagi yozishmalar. Shuningdek, u sizdan va sotuvchidan qo‘shimcha ma’lumot so‘rashi mumkin.
2. O‘rganilgan ma’lumotlarga asoslanib qaror qabul qiladi.
3. Arizada nega bunday qaror qabul qilgani haqida yozadi.
В вашу пользу («Sizning foydangizga») — sotuvchi pullarni qaytaradi.
В пользу продавца («Sotuvchining foydasiga») — siz tovarni qanday qaytarib olish bo‘yicha sotuvchi bilan kelishasiz, pullar sotuvchida qoladi.
Qaytarilayotgan tovar 14 kundan ortiq vaqtdan beri yo‘lda Xaridor Tovar yo‘qolib qolgan bo‘lishi, siz uni yubormagan bo‘lishingiz yoki sotuvchi uni olganini tasdiqlamagan bo‘lishi mumkin. 1. Yetkazib berish xizmati bilan bog‘lanadi, tekshiruv o‘tkazadi.
2. O‘rganilgan ma’lumotlarga asoslanib qaror qabul qiladi.
3. Arizada nega bunday qaror qabul qilgani haqida yozadi.
Получен продавцом («Tovar sotuvchi tomonidan qabul qilingan») — tovar sotuvchida.
Заявка на возврат отклонена («Tovarni qaytarish arizasi rad qilingan») — siz tovarni yubormadingiz.
Товар в пути («Tovar yo‘lda») — tovar topildi, u hali ham yo‘lda.
Qaytarilayotgan tovar 31 kundan ortiq yo‘lda E’tiroz avtomatik ravishda bildiriladi Tovar yo‘qolib qolgan bo‘lishi, siz uni yubormagan yoki sotuvchi uni olganini tasdiqlamagan bo‘lishi mumkin. 1 Yetkazib berish xizmati bilan bog‘lanadi, tekshiruv o‘tkazadi.
2. O‘rganilgan ma’lumotlarga asoslanib qaror qabul qiladi.
3. Arizada nega bunday qaror qabul qilgani haqida yozadi.
Получен продавцом («Tovar sotuvchi tomonidan qabul qilingan») — tovar sotuvchida.
Заявка на возврат отклонена («Tovarni qaytarish arizasi rad qilingan») — siz tovarni yubormadingiz.
Товар в пути («Tovar yo‘lda») — tovar topildi, ammo u hali ham yo‘lda.

Qarorni bilish #

E’tiroz ko‘rib chiqilganidan keyin quyidagicha hal etiladi:

  • sizning foydangizga — siz tovarni sotuvchiga qaytarasiz, sotuvchi sizga — pullarni qaytaradi;
  • sotuvchi foydasiga — tovar sizda qoladi, pullar — sotuvchida.

Ariza statusini siz shaxsiy kabinetdagi Qaytargan tovarlarim bo‘limida ko‘rishingiz mumkin. Agar Ozon xodimi e’tirozni hal etishga oid izoh qoldirsa, u ariza ichida ko‘rinadi.

Скрыть навигацию

Показать навигацию